my5

O`zbekistonda 15 avgustdan keyin karantin cheklovlari yumshatiladimi? Mas`ullar javob berdi (video)

Jamiyat 03.08.2020, 19:00
3418
O`zbekistonda 15 avgustdan keyin karantin cheklovlari yumshatiladimi? Mas`ullar javob berdi (video)

Avval xabar qilinganidek, bugun, 3 avgust kuni AOKA zalida Koronavirusga qarshi kurash shtabi a`zolari, Sog`liqni saqlash vazirligi mutasaddilari ishtirokida koronavirus bemorlarini davolash protokoli bo`yicha matbuot anjmuni bo`lib o`tdi. Unda O`zbekistonda koronavirus pandemiyasi bilan bog`liq qator savollarga javob berildi. Xususan, O`zbekistonda 15 avgustdan keyin karantin cheklovlari yumshatilishi mumkinmi, degan savolga javob berildi.

Habibullo Oqilov, Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a`zosi:

— Hali oldimizda sal kam ikki hafta vaqtimiz bor. Agar shu vaqt davomida xuddi shu dinamika qayd etilsa, ya`ni o`tgan kunlarda kasallik qayd etilishi 700 dan oshgan bo`lsa va bugun 513 taga tushgan bo`lsak,  keyingi kunlarda 500, 450 qayd etilib, shu raqamlar atrofida kasallik aniqlansa, albatta, 15 avgustdan keyin karantinni yumshatsa bo`ladi. Biz ham ushbu taklif bilan Respublika maxsus komissiyasiga chiqishimiz mumkin.

 

 

Anvar Alimov, Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a`zosi:

— Karantin qilishda uchta asosiy masala bor: birinchisi bu kasallik tarqalishining oldini olish , ikkinchisi esa kasallik tarqalishi yuklamasini sog`liqni saqlash tizimi qanchalik eplay olishi.  Biz ikkisiga ham tayyormiz.

 

Шарҳлар