my5

Buxoroda sayyohlar uchun mobil ilova konsepsiyasi ishlab chiqildi

Jamiyat 06.08.2020, 14:18
422
Buxoroda sayyohlar uchun mobil ilova konsepsiyasi ishlab chiqildi

Endilikda Buxoro madaniy meros ob`ektlarini ko`rish istagida bo`lgan sayyohlar yangi mobil ilova yordamida hech qanday qiyinchiliksiz manzilga etib borishlari mumkin. O`zbekiston Prezidentining 2020 yil 28 apreldagi “Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni keng joriy etish chora-tadbirlari to`g`risida”gi Qaroriga ko`ra, iqtisodiyotning keng tarmoqlari, shuningdek, hukumat faoliyatini bosqichma-bosqich raqamlashtirish bo`yicha Buxoro viloyatida qator innovasion loyihalar ishlab chiqilmoqda.

Jumladan, shu kunlarda viloyatda mahalliy va chet ellik sayyohlar uchun innovasion mobil ilova tayyorlanmoqda. Hozirda qadim va hamisha navqiron Buxoroga tashrif buyuruvchi sayyohlar talablarini inobatga olgan holda, bu mobil ilova loyihasini yanada takomillashtirish ustida ish olib borilmoqda.  

Bu haqda Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasi axborot xizmati xabar berdi.

Xususan, viloyat madaniy meros boshqarmasi tashabbusi bilan ayni kunda mavjud madaniy me`ros ob`ektlari: 287 arxeologiya yodgorligi, 31 madrasa, 105 masjid, 14 maqbara, 133 arxitektura ansambli, 15 karvonsaroy, 4 tim va toq, 18 diqqatga sazovor me`moriy obida, tarixiy ahamiyatga ega 122 qadimiy uy-joy, alohida me`moriy yodgorlik majmui turkumiga kirgan 83 inshoot, 17 monumental yodgorlik haqidagi ma`lumotlar bir joyga jamlanib, mobil ilova konsepsiyasi uchun yagona axborot tizimi yaratildi.  

Шарҳлар