my5

Yunusobodda bosh shifokor 22 nafar haydovchiga karantinda erkin yurishi uchun soxta ruxsatnoma rasmiylashtirib bergan

Jinoyat 13.08.2020, 18:38
920
Yunusobodda bosh shifokor 22 nafar haydovchiga karantinda erkin yurishi uchun soxta ruxsatnoma rasmiylashtirib bergan

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yunusobod tumani bo`limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o`tkazilgan.

Unda tuman Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazi bosh shifokori Respublika maxsus komissiyasining yig`ilish bayoniga zid ravishda 22 nafar fuqaroning avtotransport vositasiga Respublikada e`lon qilingan karantin vaqtida erkin harakatlanish uchun soxta ma`lumotnoma tayyorlab, maxsus ruxsatnoma rasmiylashtirib berganligi aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 209-moddasi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

Шарҳлар