my5

Ayni paytda shifoxonalardagi 1 740 nafar bemor og`ir ahvolda

Jamiyat 14.08.2020, 00:20
501
Ayni paytda shifoxonalardagi 1 740 nafar bemor og`ir ahvolda

2020 yilning 13 avgust kuni mamlakatimizda 669 holatda kasallik qayd etilgan bo`lib, barchasi tana harorati ko`tarilganligi bois profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan. Bu haqda SSV ma`lum qildi.

Shu bilan birga, Toshkent shahrida 4 nafar, Toshkent viloyati 1 nafar, jami 5 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

E`tiborli jihati, bugun Toshkent shahri, Qoraqalpog`iston Respublikasi, Andijon, Buxoro, Qashqadaryo, Namangan, Samarqand, Sirdaryo, Surxondaryo, Farg`ona, Xorazm va Toshkent viloyatlarida jami 1 554 nafar bemor sog`aydi.

Hozirda kasallik qayd etilgan jami 33 323 nafar bemordan 27 213 nafari sog`ayib, davolanish ko`rsatkichi 82 foizni tashkil etmoqda.

Ayni paytda koronavirus infeksiyasidan davolanayotgan 5 894 nafar bemordan 1 340 nafari og`ir, 400 nafari esa o`ta og`ir ahvolda.

Шарҳлар