AsosiyJamiyat

Ertaga Moskvadan charter reys keladi

'Ertaga Moskvadan charter reys keladi'ning rasmi

Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi 15 avgust kuni tashkil etiladigan charter reyslar ro`yhatini e`lon qildi:

Toshkent – Moskva – Toshkent

️Parvozga konsullik muassasalari tomonidan fuqarolar ro`yxatga olinadi hamda Uzbekistan Airways aviakompaniyasiga taqdim etiladi va ushbu ro`yxat asosida fuqarolar samolyot bortiga kiritiladi.

️Ro`yxatga birinchi navbatda bemor fuqarolar, yosh bolali va homilador ayollar hamda bekor qilingan doimiy aviaqatnovlarga chipta xarid qilgan fuqarolar qo`yiladi.

Chiptalarni fuqarolar parvozdan 4 soat oldin xorijiy mamlakatlarning xalqaro aeroportlaridagi Uzbekistan Airways aviakompaniyasining kassalaridan olishlari mumkin bo`ladi.  

Eslatib o`tamiz, O`zbekistonga kirib kelayotgan fuqarolar o`z xohishiga ko`ra 14 kunlik karantin muddatini davlat tomonidan bepul ta`minlanadigan karantin markazlarida yoki pullik mehmonxonada o`tkazishi mumkin.

 

    Boshqa yangiliklar