my5

Yana 173 nafar kishida koronavirus aniqlandi. Respublika bo`yicha kasallanganlar 34 701 nafarga etdi

Jamiyat 15.08.2020, 23:46
789
Yana 173 nafar kishida koronavirus aniqlandi. Respublika bo`yicha kasallanganlar 34 701 nafarga etdi

2020 yil 15 avgust soat 23:30 holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 34 701  nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlari 173 nafarga oshgan. Ularning 147 nafari Toshkent viloyatida hamda 26 nafari Toshkent shahrida tana harorati ko`tarilganligi bois profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Hozirda mamlakatimizning barcha hududlarida 4 432 nafar bemor koronavirus infeksiyasidan davolanmoqda. 

15 avgust kuni 8 ta hududda davolanayotgan bemorlarning 1 382 nafari sog`aydi.

So`nggi 5 kun ichida yurtimizda kunlik sog`ayishlar soni ming nafardan oshmoqda va hammasi bo`lib “COVID-19”dan 7 051 nafar bemor sog`aydi.

Ayni paytda yurtimizda koronavirus infeksiyasidan tuzalganlar soni 30 043 nafarga, sog`ayish ko`rsatkichi esa 86 foizga etdi.

Шарҳлар