my5

Samarqanddagi Registon memoriy ansambli bugun moviy rangga burkanadi

Madaniyat 15.09.2020, 15:41
485
Samarqanddagi Registon memoriy ansambli bugun moviy rangga burkanadi

Madaniyat vazirligining xabariga ko`ra, bugun tunda respublika bo`ylab  #moviynurtarat aksiyasi bo`lib o`tadi. 

Autizmga chalingan shaxslar bilan birdamlik va ASB bilan kasallangan insonlarning ijtimoiy muhitga kirib borishi bilan bog`liq muammolarga e`tiborni qaratish uchun respublikamizning barcha hududlaridagi asosiy shahar tuzilmalari va diqqatga sazovor joylari moviy rangda porlaydi.

Toshkentda Wyndham, Radisson blu hotel, Hayatt Reggency Tashkent va Hillton mehmonxonalari, O`zbekiston Milliy banki binosi va Temuriylar tarixi muzeyi ushbu aksiyaga qo`shilib ulgurdi. Shuningdek, Anhor Lokomotiv bog`idagi aylanma charxpalak ham shu rangda yoritiladi. Undan tashqari Samarqanddagi Registon maydoni ham moviy rangda burkanadi.

 

Шарҳлар