my5

Buxorodagi Madaniy meros ob`ektlari uzoq muddatga ijaraga berilmoqda

Madaniyat 16.09.2020, 15:32
398
Buxorodagi  Madaniy meros ob`ektlari uzoq muddatga ijaraga berilmoqda

Buxoro viloyat madaniy meros boshqarmasi matbuot xizmatining ma`lum qilishicha, Buxoroda Madaniy meros ob`ektlarini uzoq muddatga ijaraga berish bo`yicha investision takliflar ishlab chiqilgan.

Ta`kidlanishicha,  O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 5 yanvardagi PQ-4095-sonli qaroriga muvofiq hududida turizm infratuzilmasi ob`ektlari joylashgan yoki barpo etiladigan moddiy madaniy meros ob`ektlarini o`ttiz yilga, biroq o`n yildan kam bo`lmagan muddatga ijaraga berish bo`yicha berilgan topshiriqlarning ijrosini ta`minlash maqsadida Buxoro viloyat madaniy meros boshqarmasi tomonidan Buxoro shahridagi bo`sh turgan madaniy meros ob`ektlarini uzoq muddatga ijaraga berish bo`yicha investision takliflar katalogi ishlab chiqildi.

Mazkur investision takliflarga ko`ra, bo`sh turgan madaniy meros ob`ektlari, ularni investisiya kiritish yo`li bilan restavrasiya qilgan holda, turizm infratuzilmasi ob`ektlarini tashkil qiladigan xorijiy va mahalliy tadbirkorlarga uzoq muddatga (10 – 30 yilga) shundan, 5 yil imtiyozli davr (ijara to`lovidan ozod etiladi) bilan ijaraga berilishi rejalashtirilgan.

Takliflar bo`yicha qiziqish bildirgan tadbirkorlar ob`ektlar bo`yicha qo`shimcha ma`lumotlarni va ularni ijaraga berish tartibi to`g`risidagi ma`lumotlarni Buxoro viloyat madaniy meros boshqarmasidan (+99891-410-83-00) olishlari mumkin.

 

 

Шарҳлар