my5

O`zbekistonda koronavirusga chalinganlar 49 mingdan oshdi

Salomatlik 16.09.2020, 23:40
Теглар: O`zbekiston, koronavirus
837
O`zbekistonda koronavirusga chalinganlar 49 mingdan oshdi

2020 yil 16 sentyabr soat 23:30 holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 49 162 (+147) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar bermoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 100 nafari Toshkent viloyatida, 47 nafari Toshkent shahrida tana harorati ko`tarilganligi hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, Mirzo Ulug`bek tumanida yashagan 80 yoshli A.K. (ayol) hamda Yashnobod tumanida yashagan 62 yoshli M.G. (ayol), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

Bugun Toshkent shahrida 283 nafar, Toshkent viloyatida 62 nafar, Namangan viloyatida 18 nafar, Buxoro viloyatida 16 nafar, Andijon viloyatida 11 nafar, Samarqand viloyatida 9 nafar, Sirdaryo viloyatida 7 nafar, Surxondaryo viloyatida 5 nafar, Qashqadaryo viloyatida 3 nafar hamda Qoraqalpog`iston Respublikasida 2 nafar bemor tuzaldi. 

Shunday qilib, O`zbekistonda 45 474 (+416) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (92 foiz) sog`aygan.

Hozirda O`zbekistonda 3 279 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo`yicha davo choralari ko`rilmoqda.

 

Шарҳлар

Italiya, Ispaniya va Polshada koronavirus bilan kasallanish bo`yicha sutkalik antirekordlar yangilandi

31.10.2020, 19:19

Italiyada o`tgan bir sutka ichida yana 31 084 kishida koronavirus aniqlandi. Bu mamlakatda pandemiya boshlanganidan buyon hozirga qadar qayd etilgan sutkalik rekord ko`rsatkich hisoblanadi, deb...
DonaldTramp: Vaksina shu haftalarda tayyor bo`ladi. Virusning paydo bo`lishida Xitoy aybdor!

31.10.2020, 15:06

AQSh Prezidenti Donald Tramp juma kuni fuqarolar yaqin haftalarda normal hayotga qaytishlari mumkin bo`lishini aytdi.Bu haqda "Uzreport.uz" xabar berdi.Bayden esa huddi shu kuni amerikaliklarni oldinda...
30-oktyabr. O`zbekistonda koronavirus qayd etilganlar soni 66 ming nafardan oshdi

31.10.2020, 03:02

2020 yil 30 oktyabr soat 23:30 holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 66 705 (+77) nafarni tashkil etmoqda.Yangi kasallanish holatlarining: 7 nafari Toshkent shahrida, 60...
Korxona yoki tashkilot ishchisida koronavirus aniqlansa, ular korxona hisobidan davolanadimi?

30.10.2020, 22:38

Korxona yoki tashkilot ishchisida koronavirus aniqlansa, ular korxona hisobidan davolanadimi yoki bu ko`rsatma bekor qilinganmi? Bu savolga Koronavirusga qarshi kurash shtabi a`zosi Barno Odilova javob...