my5

Qirg`iziston Rossiyaga qo`shilish niyatidami?

Dunyo 17.09.2020, 14:43
1748
Qirg`iziston Rossiyaga qo`shilish niyatidami?

Qirg`izistonning Rossiyadagi sobiq elchisi, ayni paytda Moskvada qirg`iz diasporiga rahbarlik qilayotgan Raimqul Attakurov o`tgan hafta respublikani Rossiyaga qo`shilishi kerakligi to`g`risida bayonot bergandi. Rasmiy Bishkek oradan bir necha kun o`tib, ushbu vaziyatni izohladi.

Moskvadagi Qirg`iziston elchixonasining bildirishicha, Attakurov ayni paytda mamlakatning rasmiy vakili emas, u Rossiya fuqaroligiga ega va uning bayonoti shaxsiy fikr.

Qirg`izistonning rasmiy pozisiyasi quyidagicha:

"Qirg`iziston mustaqil, suveren davlat. Qirg`iziston rahbariyati davlatning suvereniteti, hududiy yaxlitligini saqlash va milliy manfaatlarni himoya qilish yo`lida qat`iy yo`l tutmoqda. Shu bilan birga Qirg`iziston-Rossiya davlatlararo munosabatlari o`zaro hurmat, tushunish va qo`llab-quvvatlash ruhida jadal rivojlanib boryapti. Xalqlarimizni umumiy tarix va Evroosiyo ma`naviy qadriyatlari bog`lab turadi, Qirg`iziston va Rossiya ishonchli ittifoqdosh va strategik sheriklardir. "

G`alati, sobiq elchining so`zlaridan unchalik farq qilmaydigan rasmiy javob. Faqat biroz quruqroq. Demak, Qirg`iziston bunga unchalik qarshi ham emas, shundaymi?!

Шарҳлар