my5

Grippga qarshi emlash koronovirusdan himoya qiladimi? Uni olish shartmi?

Salomatlik 17.09.2020, 19:38
1146
Grippga qarshi emlash koronovirusdan himoya qiladimi? Uni olish shartmi?

Ushbu savolga Koronavirusga qarshi kurash shtabi a`zosi Barno Abdusamatova javob berdi. 

Covid-19 gripp mavsumida, ya`ni kuz-qish faslida xavfliroq bo`ladi, shuning uchun grippga qarshi vaksina qabul qilish hozirgi davrda har qachongidan ham muhimroq.  

Bu majburiy vaksinasiya emas, lekin biz uni olishni tavsiya etamiz. Kuz-qish faslida respirator infeksiyalar ko`p uchraydi. Bu esa immun tizimi pasayishiga sabab bo`ladi hamda bemor ushbu davrda koronovirus infeksiyasini yuqtirsa og`ir kechishi mumkin.  

Shuning uchun ushbu faslda yanayam salomatligimizga e`tiborli bo`lishimiz zarur.

Covid-19 va gripp o`zaro o`xshash belgilarga ega bo`lib, yoshi katta insonlar hamda yurak va o`pka xastaliklari kabi surunkali kasalliklarga chalinganlar uchun qattiq ta`sir qilishi mumkin.

Grippga qarshi emlash darajasini ko`payishi ushbu fasllarda aholi orasida nafas yo`li kasalliklarini kamaytirishi mumkin, shuningdek, Covid-19 pandemiyasi paytida sog`liqni saqlash tizimiga bo`layotgan zo`riqishni kamaytiradi.  

Grippga qarshi vaksina odamlarni Covid-19dan himoya qilmaydi, u grippni rivojlanish xavfini kamaytiradi, shuningdek, gripp bilan bog`liq asoratlar, jumladan kasalxonaga joylashtirilish va hatto o`lim xavfini kamaytiradi. 

Шарҳлар