my5

Matematika o`qituvchisi savolga javob berolmagan o`quvchi qizni kaltaklab o`ldirdi

Dunyo 20.09.2020, 22:15
3606
Matematika o`qituvchisi savolga javob berolmagan o`quvchi qizni kaltaklab o`ldirdi

Xitoyning Sichuan provinsiyasidagi maktablardan birida matematika o`qituvchisi o`quvchi qizni savoliga noto`g`ri javob bergani uchun ayovsiz kaltaklab o`ldirdi. 

Bu haqda “Gazeta.ru” nashri jabrlanuvchining oilasiga asoslangan manbalarga ko`ra xabar berdi.

Voqea ro`y bergan 10 sentyabr sanasida Xitoyda “O`qituvchi kuni” nishonlangan bo`lib, 10 yoshli qizaloq ustozlarini, jumladan, matematika o`qituvchisini ham bayram munosabati bilan tabriklash maqsadida darsga gullar ko`tarib kelgan.

Matematika darsida o`quvchi qiz ustozining 2 ta savoliga to`g`ri javob bera olmagan. O`qituvchi esa jazolashning shafqatsiz usulini qo`llagan. Ma`lum bo`lishicha, u qizni tiz chukishga majburlab, quloqlaridan tortib, boshiga bir nech bor zarba bergan. 

Marhum o`quvchi qizning egizagi bo`lib, u ham shu sinfda o`qiydi. Uning aytishicha singlisi jismoniy zo`ravonlikdan egilib qolgan, hatto, boshini ham ko`tara olmagan. Sinfdoshlari uni qo`ltiqlab, joyiga o`tkazishga majbur bo`lishgan.

Oradan uch soatlar o`tgach, o`qituvchi uyiga qo`ng`iroq qilib, go`shakni ko`targan buvisiga qizni mazasi qochganini aytgan va uni olib ketishlarini so`ragan. Keksa ayol maktabga kelib qarasa, tildan qolgan nabirasi ko`zini ham ocha olmagan. Qizchani maktabdan to`g`ri shifoxonaga olib ketishgan. Afsuski, ko`rsatilgan tibbiy yordamlarga qaramasdan qizaloq jon bergan.

Buvisining so`zlariga qaraganda, qizgina shu o`qituvchining darslariga qatnashishdan doimo qo`rqqan, chunki u muntazam ravishda o`quvchilarni do`pposlab, ularga nisbatan og`riqli jismoniy jazo choralarini qo`llab kelgan.

Шарҳлар