Hozirgi kunda yurtimizda maktabgacha ta`lim tashkilotlari va ota-onalar uchun maktabgacha yoshdagi bolalar ta`lim-tarbiyasi hamda ularning ta`lim olish shart-sharoitlarini yaxshilash borasida amaliy ishlar olib borilmoqda. Jumladan Jahon banki ishtirokidagi “Bolalarni erta yoshdan rivojlantirishni takomillashtirish” investision loyihasi amalga oshirilmoqda. Loyiha doirasida Respublikamizning barcha maktabgacha ta`lim tashkilotlari — vazirlik markaziy apparati, viloyat maktabgacha ta`lim boshqarmalari, shahar va tuman maktabgacha ta`lim bo`limlari hamda vazirlik tizimidagi barcha tashkilotlar uchun 14 000 dona zamonaviy masofadan tana haroratini o`lchash uskuna (termometr) lari harid qilindi. |
21.09.2020 21:13
Maktabgacha ta`lim tashkilotlari termometrlar bilan ta`minlanmoqda.
