AsosiyJinoyat

Jizzaxda mudhish YTH ro`y berdi

'Jizzaxda mudhish YTH ro`y berdi'ning rasmi

Jizzaxnign Forish tumani Nurak mahallasi hududidan o`tuvchi Jizzax – Qizilcha 4/R-36 yo`lining 48 kilometrida yo`l-ulov hodisasi ro`y berdi. Bu haqda Jizzax viloyati IIB axborot xizmati xabar berdi.

Manbaning ma`lum qilishicha, Forish tumani Osmonsoy mahalla fuqarolar yig`inida yashovchi, 1975 yilda tug`ilgan M.A. akasiga tegishli “GAZ – 3102” rusumli avtoulov boshqaruvini yo`qotishi oqibatida yo`lning qarama-qarshi yo`nalishiga chiqib ketib, “Lacetti”ga urilgan.

Oqibatda “Lacetti” haydovchisi, Osmonsoy mahalla fuqarolar yig`inida istiqomat qiluvchi, 1989 yilda tug`ilgan Sh.E. chap oyoq boldir suyagining sinishi tashxisi bilan Forish tumani tibbiyot birlashmasining jonlantirish bo`limiga yotqizilgan. “GAZ 3102” haydovchisi esa olingan tan jarohatlari natijasida shifoxonada ko`rsatilgan tibbiy yordamlarga qaramasdan vafot etdi.

Holat bo`yicha Forish tumani IIB xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari amalga oshirilmoqda.

Boshqa yangiliklar