my5

Farg`onada "Istiqlol" futbol klubi yopildi

Sport 21.09.2020, 22:21
675
Farg`onada "Istiqlol" futbol klubi yopildi

O`zPFL bosh direktori Diyor Imomxo`jaev Farg`onaning “Istiqlol” klubi faoliyatini tugatgani haqida e`lon qildi.Bu haqda effect.uz xabar bermoqda

“Farg`onaning Istiqlol klubi faoliyatini davom ettira olmasligi bo`yicha xat bilan murojaat qildi. Bu biz uchun qayg`uli xabar. Chunki Istiqlol kam sonli xususiy klublardan biri hisoblanadi.

Afsuski, Farg`onadagi Istiqlol arenasi masalasi ijobiy hal etilmadi. Neftchi ham, Istiqlol ham undan surgun qilingan. Pro liga uchrashuvlari translyasiyasini yo`lga qo`yib, cho`lli G`uzordan, chekka Yaypandan, tog`li Zomindan jonli efirga chiqdik. Ammo Farg`onaning qoq markazida joylashgan arenada birorta futbol ko`rmadik.

O`zPFL Istiqlol futbol klubidagi ish o`rnidan chetda qolayotgan futbolchilarga boshqa jamoalarga o`tish imkoniyatini yaratib beradi. 

Шарҳлар