my5

Kutilmagan syurpriz! «Times Square» andijonlik yigitning ism- sharifi e`lon qilindi

Jamiyat 23.09.2020, 00:42
1616
Kutilmagan syurpriz! «Times Square» andijonlik yigitning ism- sharifi e`lon qilindi

Nyu-Yorkning mashhur “Times Square”da joylashgan ulkan peshlavha (monitor)da Andijonlik yigitning ism-sharifi va surati nega e`lon qilingani ma`lum qilindi.

Andijon viloyati hokimligining ma`lum qilishicha, Andijon viloyati Xo`jaobod tumanida tug`ilgan Dostonbek Toirov AQShning “Morgan Stanley” shirkatida amaliyot o`tashni boshlagan.

“Morgan Stanley” ma`muriyati amaliyotning ilk kuni Dostonbekka kutilmagan sovg`a tayyorladi. Nyu-Yorkning mashhur “Times Square”dagi ulkan peshlavhada O`zbekistonlik mutaxassisning ism-sharifi va surati e`lon qilindi.

“Times Squaredagi ulkan monitorda o`z nomimni ko`rib benihoya hayajonlandim” deydi Dostonbek Toirov

Шарҳлар