AsosiySport

"Paxtakor" murabbiyi Shota Arveladzeda koronavirus aniqlandi

'"Paxtakor" murabbiyi Shota Arveladzeda koronavirus aniqlandi'ning rasmi

Osiyo chempionlar ligasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan yagona klubimiz "Paxtakor" jamoasi bosh murabbiyida koronavirus infeksiyasi aniqlandi. Endi 7 yoki 14 kun davomida o`zini o`zi yakkalash holatida bo`lishi kerak.

Qayd etish joiz, "Paxtakor" bugun Eronning "Shahr Xodro" jamoasiga qarshi maydonga tushadi. Guruh bosqichining hal qiluvchi o`yinini "sherlar" bosh murabbiysiz o`tkazishga majbur. Mazkur bahsdagi g`alaba Toshkent klubini musobaqa nimchorak finaliga olib chiqadi.

5-tur natijalariga ko`ra, "Paxtakor" o`z guruhida 8 ochko jamlagan holda 2-o`rinda bormoqda.

    Boshqa yangiliklar