“O`zbekneftgaz” AJ Boshqaruvi raisi Mehriddin Abdullaevning topshirig`iga asosan, tabiiy gaz qazib olinmaydigan, faoliyati tugatilgan quduqlarning holati qaytadan o`rganildi.
Matbuot xizmatining ta`kidlashicha, Ustyurt gaz qazib chiqarish boshqarmasiga qarashli “Dali” gaz konidagi tugatilgan quduqlar majmuasida turgan 7-sonli quduqda olib borilgan o`rganishlar natijasida, tabiiy gaz zaxirasi mavjudligi aniqlandi.
Shundan so`ng, ushbu quduq to`la ta`mirlanib, qayta ishga qo`shildi. Quduqda 2404-2396m interval oralig`ida perforasiya ishlari o`tkazilgandan so`ng, quduq o`zlashtirildi.
Natijada quduqdan o`rtacha kunlik 45 ming kub metr sanoat miqyosida tabiiy gaz qazib chiqarilishiga erishildi.
Ma`lumot uchun: “Dali” gazkondensat koni Qoraqalpog`iston Respublikasining Mo`ynoq tumanida joylashgan.