my5

Rossiyada qidiruvda bo`lgan shaxslar Farg`onada qo`lga olindi

Jinoyat 24.09.2020, 14:16
896
Rossiyada qidiruvda bo`lgan shaxslar Farg`onada qo`lga olindi

O`zbekiston Respublikasi IIV O`XB Farg`ona viloyati bo`yicha bo`limi xodimlari qidiruvdagi shaxslarni qo`lga oldi. Ma`lum bo`lishicha, Rossiyada qidiruvda bo`lgan shaxslar O`zbekistonning Farg`ona viloyatidan topilgan. Bu haqda Farg`ona viloyati IIB Axborot xizmati xabar bermoqda.

IIB хabarida shunday deyiladi:

"17 sentyabr kuni O`zbekiston Respublikasi IIV O`XB Farg`ona viloyati bo`yicha bo`limi xodimlari Rossiya Federasiyasi Jinoyat kodeksining 327-moddasi 3-qismida (soxta hujjatlardan foydalanish) ko`rsatilgan jinoyatni sodir etib, tergovdan yashiringanligi sababli Rossiya Federasiyasi Kaluga viloyati ichki ishlar organlari tomonidan qidiruv e`lon qilingan N.M.ni Qo`qon shahri hududida qo`lga olishdi.

Shuningdek, 21 sentyabr kuni O`zbekiston Respublikasi IIV O`XB Farg`ona viloyati bo`yicha bo`limi xodimlari Rossiya Federasiyasi Jinoyat kodeksining 322-moddasi 2-qismida (davlat chegaralarini noqonuniy kesib o`tish) ko`rsatilgan jinoyatni sodir etib, tergovdan yashiringanligi sababli Rossiya Federasiyasi Chelyabinsk viloyati Federal xavfsizlik xizmati tomonidan qidiruv e`lon qilingan D.R.ni Farg`ona shahrida qo`lga olishdi".

IIB hamyurtlarimizdan qidiruvdagi shaxslar haqida biror ma`lumotga ega bo`lganlardan, yaqin oradagi ichki ishlar bo`limlariga xabar berishlarini so`ramoqda. Ularning shaxsi sir tutilishi kafolatlanadi.

Шарҳлар