my5

Qozog`istonda o`lim jazosi rasman bekor qilindi

Dunyo 24.09.2020, 14:43
297
Qozog`istonda o`lim jazosi rasman bekor qilindi

 Qozog`iston o`lim jazosini rasman bekor qildi. Avvalroq, mamlakatda bunga moratoriy joriy qilingan edi.

Shu tariqa Qozog`iston o`lim jazosini bekor qilish to`g`risidagi xalqaro protokolga qo`shildi. Tegishli hujjat BMT shtab-kvartirasida mamlakatning BMTdagi doimiy vakili Qayrat Umarov tomonidan imzolangan.

Qarorning o`zi ilgari davlat rahbari Qosim-Jomart Toqaev tomonidan BMT Bosh Assambleyasi 75-sessiyasining umumsiyosiy munozaralarida ma`lum qilingandi. Prezident mamlakat insonning hayotga bo`lgan huquqini ta`minlashni maqsad qilib qo`yganini ta`kidlagan edi.

Qozog`istonda o`lim jazosini qo`llash bo`yicha 2003 yildan buyon muddatsiz moratoriy joriy etilgan bo`lib, 2004 yildan buyon uning o`rniga umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi qo`llanilayotgan edi.

Шарҳлар