my5

Qozog`istondagi parranda grippi biz bilan chegaradosh hududlarda ham aniqlandi

Dunyo 24.09.2020, 15:18
701
Qozog`istondagi parranda grippi biz bilan chegaradosh hududlarda ham aniqlandi

Qozog`istonning beshta viloyatidagi 26 ta tumanda parranda grippi tarqalgani va uy parrandalari yoppasiga nobud bo`layotgani haqida avval xabar bergan edik.

Qozog`iston shimolida tarqalgan parranda grppi janubga ham etib keldi. Hozirgacha mamlakatning etti viloyatida parrandalarning o`limi qayd etildi. Bu haqda Qishloq xo`jaligi vazirligi "Sputnik" nashriga ma`lum qilgan.

Oqmo`la viloyatida shaxsiy yordamchi xo`jalikda 703 ta parranda, Qorag`anda viloyatida shaxsiy yordamchi xo`jalikda 102 ta parranda o`lgani aytilmoqda. Shundan 12 tasi bir sutkada halok bo`lgan. Kostanay viloyatida yordamchi xo`jaliklarda 2 218 ta va parrandachilik fermalarida 109 567ta jonivor nobud bo`lgan. Ularning 1 112 va 109 567 tasi mos ravishda so`nggi sutkada o`lgan.

Xabarda aytilishicha, Pavlodar viloyatida shaxsiy yordamchi xo`jalikda 2 753 ta parranda, Shimoliy-Qozog`iston viloyatida shaxsiy yordamchi xo`jalikda 13 806 ta va parrandachilik fermalarida 93 849 ta parranda nobud bo`lgan. Umumiy hisobda so`nggi sutkada 40 678 ta parranada o`lgan.

O`zbekiston bilan chegaradosh Jambil viloyatida esa 238 ta parranda nobud bo`lgan bo`lib, shundan 6 o`lim so`nggi sutkada qayd etilgan. Shuningdek, Turkiston viloyatida yordamchi xo`jaliklardagi 273 ta parranda o`lgan. Ularning 196 tasi bir sutkada halok bo`lgan.

“Yordamchi xo`jaliklarda 20 ming bosh va ikkita parrandachilik fermasida 203 ming parranda nobud bo`ldi. “Bishkul” fermasida 93 849 bosh va “Agrointerptisa”da 109 567 bosh”, deyiladi vazirlik xabarida.

Mamlakatda parrandalarni vaksinalash ishlari olib borilyapti. Buning uchun yillik 3 377 900 doza vaksinaga respublika zahirasidan yana 2 374 666 doza ajratilgan. Qo`shimcha 699 355 doza vaksina sotib olinyapti. Ular 1 oktyabrgacha etkaziladi.

Шарҳлар