AsosiyJamiyat

Rossiyadan olib kelinayotgan O`zbekiston fuqarolaridan biri maxsus poezdga chiqarish chog`ida vafot etdi

'Rossiyadan olib kelinayotgan O`zbekiston fuqarolaridan biri maxsus poezdga chiqarish chog`ida vafot etdi'ning rasmi

2020 yil 19 sentabr kuni hamyurtlarimizni maxsus poezdga chiqarish chog`ida yo`lovchilardan biri – 1987 yil 13 sentabrda tug`ilgan O`zbekiston Respublikasi fuqarosi R.J. “Lixaya” stansiyasi old tomonidagi maydonda o`zini yomon his qila boshlagan va tez tibbiy yordam etib kelgunicha u vafot etdi. Bu haqda TIV Konsullik-huquqiy departamenti ma`lum qildi.

Mamlakatimizning Rostov-Don shahridagi Bosh konsulxonasi bergan ma`lumotga ko`ra, bu vatandoshimiz palatkali lagerda yashamagan. Sankt-Peterburg shahridan etib kelgach, R.J. sog`ligi yomonlashgani sababli 14 sentabr kuni Shaxti shahri Markaziy shahar shifoxonasiga yotqizilgan va u erdan “Lixaya” stansiyasiga olib borilgan.

Fuqaroning koronavirus bilan kasallangani tasdiqlanmagan.

Marhumning jasadi charter reys orqali O`zbekistonga jo`natilgan.

    Boshqa yangiliklar