my5

DTM 189 ball bilan to`lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abiturientlar yuzasidan izoh berdi

Jamiyat 25.09.2020, 20:10
Теглар: DTM
1207
DTM 189 ball bilan to`lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abiturientlar yuzasidan izoh berdi

Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 13-oktyabrdagi 226-son qarori bilan tasdiqlangan Xalqaro va respublika olimpiadalari, tanlovlari, musobaqalari g`oliblari bo`lgan akademik liseylar, professional ta`lim muassasalari va umumta`lim maktablari o`quvchilarini taqdirlash tartibi to`g`risida nizomga muvofiq:

 Respublika (1-o`rin) va xalqaro tanlovlar va musobaqalarning (Olimpiya o`yinlarida, Osiyo o`yinlarida, jahon chempionatida va Osiyo chempionatida 1-3-o`rinlar) individual turlarida g`olib chiqqan akademik liseylar, professional ta`lim muassasalari va umumta`lim maktablarining bitiruvchilari oliy ta`lim muassasasiga test sinovlarisiz va qo`shimcha imtihonsiz qabul qilinadilar.

 Respublika (1-o`rin) va xalqaro tanlovlar va musobaqalarning (Olimpiya o`yinlarida, Osiyo o`yinlarida, jahon chempionatida va Osiyo chempionatida 1-3-o`rinlar) jamoa turlari g`oliblari o`z komandalari tarkibidan — akademik liseylar, kasb-hunar kollejlari va umumta`lim maktablari bitiruvchilaridan oliy ta`lim muassasasiga test sinovlarisiz va qo`shimcha imtihonsiz qabul qilish uchun uch nomzodni belgilaydilar.

Mazkur imtiyozga ega abiturientlar umumiy qabul parametrlari asosida talabalikka qabul qilinadi, ularga qo`shimcha qabul parametrlari ajratilmaydi.

Joriy yil yakuniy tanlov ro`yxatida ayrim bakalavriat ta`lim yo`nalishlarida maksimal 189 ballni to`plagan holda, to`lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abiturientlar mavjud.

Mazkur ta`lim yo`nalishlariga yuqorida qayd etilgan imtiyozga ega abiturientlar ham ro`yxatdan o`tgan bo`lib, ushbu toifadagi abiturientlar soni ajratilgan davlat grantlari soniga teng yoki undan ko`p bo`lgan holatlar ham uchraydi.

Shuning uchun ayrim bakalavriat ta`lim yo`nalishlarida 189 ball to`plagan abiturientlar ham to`lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan.

Шарҳлар

DTM imtiyoz qo`llanmagan harbiy tavsiyanomalilar bo`yicha yana bir bor rasmiy bayonot berdi

03.10.2020, 15:43

Harbiy tavsiyanoma tasdiqlanmasligiga sabab «nol» emasDastlab nima uchun bazaga «nol» saqlanmasligiga to`xtalsak, dasturlashda ma`lumotlar turiga qarab bazaga saqlanadi. Butun sondan iborat ma`lumotlar odatda «int» tipida...
DTM qo`shimcha test o`tkazish vaqtini e`lon qildi

16.09.2020, 20:24

Ma`lum bo`lishicha, davlat komissiyasining 2020-yil 13-sentyabrdagi 4-son bayonida joriy yil 2-13-sentyabr kunlari o`tkazilgan test sinovlarida hududga kirishda tana harorati 37⁰ C dan yuqori bo`lgan hamda...
Ayni paytda DTM bir qator masalalarga aniqlik kiritmoqda

15.11.2019, 11:42

Ayni paytda Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligida Davlat test markazi mutaxassislari ishtirokida brifing bo`lib o`tmoqda.Brifing "Jamoatchilik, jumladan abiturientlar va ularning ota-onalari uchun test topshiriqlari (savollar)ning ochiqligini...