my5

Andijonda 1 mln so`mga 39 gramm marixuanani sotmoqchi bo`lgan shaxs qo`lga olindi

Jinoyat 26.09.2020, 16:57
Теглар: marixuana, Andijon,
642
Andijonda 1 mln so`mga 39 gramm marixuanani sotmoqchi bo`lgan shaxs qo`lga olindi

2020 yil 21 sentyabr kuni IIV tomonidan o`tkazilayotgan “Qoradori-2020” tezkor tadbiri ijrosini ta`minlash maqsadida Andijon viloyati IIB Transportda XTB boshlig`i nomiga shaxsiy xavfsizligini ta`minlash maqsadida shaxsi sir saqlangan shartli nomi «XXX» fuqaro ariza bilan murojaat qilib, u o`z arizasida Andijon viloyati, Jalaquduq tumanida yashovchi "T" ismli shaxs giyohvand moddalar saqlab, sotayotganligini ma`lum qilib, unga nisbatan qonuniy chora ko`rishlikni so`ragan. Bu haqda IIV Transportda xavfsizlikni ta`minlash bosh boshqarmasi xabar berdi

Ushbu ma`lumotni tekshirish maqsadida, xolis xaridor sifatida Savay bekatidagi XTB boshlig`i mayor X.S. "nazorat xarid" tadbirga kiritilib, shu kuni Jalaquduq tumani "Yorqishloq" mahallasi hududida 1972 yilda tug`ilgan, muqaddam sudlangan, Jalaquduq tumani "Yorqishloq" mahallasida istiqomat qiluvchi A.T. 1.000.000 so`m evaziga xolis xaridorga "sariq rangli qog`oz paketga o`ralgan" og`irligi 39.63 gr. "marixuana" sotgan vaqtida tadbir ishtirokchilari tomonidan ushlanib, yonlari 2-nafar xolislar ishtirokida ko`zdan kechirilganida cho`ntagida 6 dona gugurt qutisiga solingan 35,64 gr "marixuana" giyohvand moddasi borligi aniqlandi.

Holat bo`yicha jinoyat ish qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Шарҳлар

DXX chegarada shubhali shaxsni qo`lga oldi

11.12.2019, 13:45

DXX Chegara qo`shinlarining Andijon viloyati Xonobod shahridagi harbiy qismlaridan birida xizmat faoliyatini olib borayotgan harbiy xizmatchilar harbiy qismni kuzatayotgan shubhali shaxsni payqab qolishdi, deya xabar...
To`rtko`lda “zahri qotil” savdosiga chek qo`yildi

09.12.2019, 20:00

Bojxona organi xodimlari huquqni muhofaza qiluvchi boshqa idoralar vakillari bilan hamkorlikda giyohvandlik moddalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi keskin kurash olib borishmoqda.    Xususan, Qoraqalpog`iston Respublikasi bojxona...