Sirdaryo viloyati IIB hamda DXX Sirdaryo viloyati boshqarmasi xodimlari tomonidan o`tkazilgan tadbirda fuqaro J.B.ga tegishli bo`lgan “RedMi Note 9” rusumli telefon apparati xolislar ishtirokida bayonnoma asosida olinib, ko`zdan kechirilganda, fuqaro J.B. ushbu telefon apparati orqali Internet tarmog`ining “Instagram” ijtimoiy tarmog`ida o`ziga tegishli profil ochib, o`z sahifasiga diniy mazmundagi aqidaparastlik g`oyalari bilan yo`g`rilgan materiallarni joylashtirish orqali o`zining sahifasiga a`zo bo`lgan boshqa profil foydalanuvchilariga tarqatganligi aniqlanib, tegishli hujjatlar rasmiylashtirilgan.Bu haqda Sirdaryo viloyati IIB Axborot xizmati xabar berdi. O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo`yicha Qo`mita ekspertlik guruhining xulosasiga ko`ra, fuqaro J.B.ning “RedMi Note 9” rusumli telefon apparatining fayllarida noma`lum shaxs tomonidan kuylangan arab tilidagi qo`shiq keltirilgan bo`lib, unda hozir urush boshlangani va u qiyomatgacha davom etishi, qurolni yalang`ochlash kerakligi, jihod va urush yo`q deb aytayotganlar yolg`on gapirayotgani haqida fikrlar yozilganligi, ushbu ma`lumotlar aqidaparastlik g`oyalari bilan yo`g`rilganligi sababli ularni O`zbekiston Rechpublikasi hududiga olib kirish, tayyorlash va tarqatish taqiqlanganligi ko`rsatilgan. Hozirda mazkur holat yuzasidan fuqaro J.B.ga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 244.1-moddasi 3-qismi “g” bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. |
26.09.2020 20:39
Sirdaryoda "Instagram"da terrorchilikni targ`ib qilgan shaxslar ushlandi
