AsosiySport

«Paxtakor» navbatdagi dovonni zabt etdi

'«Paxtakor» navbatdagi dovonni zabt etdi'ning rasmi

Xabaringiz bor, Toshkentning «Paxtakor» klubi Osiyo Chempionlar ligasida o`z yurishini davom ettirmoqda. Markazlashtirilgan holda Qatarda bo`lib o`tayotgan turnirning nimchorak finalida «sherlar» Eronning eng nomdor klubi «Istiqlol»ni taslim etdi.

Toshkentliklar uchrashuvni juda faollik bilan boshlagan bo`lsalarda, bahsda hisobni ochish eronliklarga nasib etdi. Birinchi taymning 32-daqiqasida tajribali Ali Karimi o`z hisobiga gol yozdirib qo`yib, «Istiqlol»ni hisobda oldinga olib chiqdi.

Ushbu goldan so`ng «Paxtakor» futbolchilari oldinga tashlanishdi va taym yakuni arafasida muvozanatni tiklashdi. 43-daqiqada qanot himoyachisi Hojiakbar Alijonov tomonidan jarima maydonchasiga havodan uzatilgan to`pni Dragan Cheran boshi raqib darvozasiga aniq yo`lladi.

Tanaffusdan ko`tarinki kayfiyatda qaytgan toshkentliklar taym avvalidayoq g`alabani naqd qilib bergan golni «Istiqlol» darvozasiga yo`lladi. Shveysariyalik hujumchi Eren Derdiyok o`z darajasini namoyish etdi.

«Paxtakor» futbol klubi 28 sentyabr kuni qur`a natijasiga ko`ra o`z raqibini bilib oladi.

Osiyo Chempionlar ligasi, nimchorak final.

«Paxtakor» (Toshkent) – «Istiqlol» (Tehron) – 2:1 (1:1, 1:0).

Hakamlar: Ahmad Abu Bakar Said Al Kaf, Al Amri Abu Bakar Salim Mahad, Rashid Hamad Ali Al G`aiti (uchalasi Ummon), Mohd Amirul Izvan Bin Yoqub (Malayziya).

Nazoratchi: Srinivasan Suresh (Hindiston).

Gollar: 0:1 – Ali Karimi (32), 1:1 – Dragan Cheran (43), 2:1 – Eren Derdiyok (47).

«Paxtakor»: Eldor Suyunov, Hojiakbar Alijonov, Anzur Ismoilov, Jaloliddin Masharipov, Dragan Cheran, Egor Krimes, Dostonbek Hamdamov (Javohir Sidiqov, 74), Odil Hamrobekov, Sardor Sobirxo`jaev, Farrux Sayfiev, Eren Derdiyok (Igor Sergeev, 74).

«Istiqlol»: Saidhusayn Husayni, Milad Zakipuri, Ro`zbeh Chashmiy, Orif Qulami, Ali Karimi, Sheyk Diabate, 8.Farshid Ismoili (Zakaria, 69), Mehdi G`oedi, Mas`ud Riqi (Farshid Bageri, 80), Muhammad Donishgar, Amirarsalan Motahhari (Arash Rizovand, 53).

Ogohlantirishlar: Arsalan Mottahhari 4, Egor Krimes 5, Muhammad Danashgar 74, Arash Rezavand 77, Eldorbek Suyunov 85, Milad Zakipuri 87, Farruh Sayfiev 90, Mehdi G`aedi 90+2.

 

    Boshqa yangiliklar