AsosiyJamiyat

Andijonda YTH sodir etgan ichki ishlar xodimini urib, jarohat etkazishdi

'Andijonda YTH sodir etgan ichki ishlar xodimini urib, jarohat etkazishdi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon shahrida  “Damas” hamda "Spark" rusumli avtomashinalari ishtirokida yo`l-transport hodisasi sodir bo`lganligi oqibatida “Spark” avtomashina haydovchisi va salon ichidagi yo`lovchi avtomashinadan tushib, “Damas” haydovchisi, ya`ni ichki ishlar xodimini urib, tan jarohati etkazganligi haqida videolavha chiqarilgan.  

Unda aytilishicha, 24 sentyabr kuni soat taxminan 12.00 lar chamasida Andijon shahar IIB 1-sonli milisiya bo`limi huzuridagi tergov bo`linmasi rahbari, kapitan Saidjon  G`ofurjonov o`z boshqaruvida bo`lgan “Damas” rusumli xizmat avtomashinada Andijon shahar, Toshkent ko`chasida yo`l-transport hodisasini sodir etadi.  

Oqibatda harakatlanish qoidasini buzgan holda to`xtab turgan oq rangli “Spark” avtomashinasiga uriladi. “Spark” avtomashina haydovchisi va salon ichidagi yo`lovchi avtomashinadan tushib, “Damas” haydovchisi, ya`ni ichki ishlar xodimi S.G`ofurjonovni urib, tan jaroxati etkazishadi.  

Natijada, S.G`ofurjonov viloyat tez tibbiy yordam shoshilinch kasalxonasiga tushib qoladi. Qizig`i shundaki, ichki ishlar xodimi holidan bironta IIO vakili xabar olmagan.  

Bunga videoda xodimni urayotgan fuqaro Xasan Ergashev bo`lib sabab sifatida aytilmoqda. Ya`ni ushbu shaxs prezidentning kichik kuyovi Otabek Umarovga yaqin aloqasi borligi hamda Dog`istonlik UFC jangchisi X.Nurmagomedovni yaqin do`sti ekanligi aytilmmoqda. 

Bosh prokuratura Matbuot kotibining ma`lum qilishicha, mazkur holat yuzasidan Andijon viloyati prokuratura organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.  

Hodisa ishtirokchilariga etkazilgan tan-jarohatlari, xususiyatlari va og`irlik darajasini aniqlash yuzasidan sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan.

Tekshirish natijalari bo`yicha qonuniy qaror qabul qilinishi ta`minlanadi va bu haqda jamoatchilikka batafsil ma`lumot etkaziladi.

 

    Boshqa yangiliklar