“O`zbekneftgaz” AJning Ustyurt gaz qazib chiqarish boshqarmasiga qarashli “Shimoliy Berdaq” konidagi bir qancha quduqlarda kapital ta`mirlash ishlari bajarilmoqda.
Matbuot xizmatining ma`lum qilishicha, Ustyurt gaz qazib chiqarish boshqarmasi mutaxassislari 42-sonli quduqni kapital ta`mirladilar va quduq ishga tushirildi.
Ushbu quduqda 1664-1670m oralig`ida perforasiya ishlari olib borildi. O`zlashtirish natijasida quduqdan o`rtacha kunlik 210 ming kub metr sanoat miqyosida tabiiy gaz va 2 tonna gazkondensati qazib chiqarilishiga erishildi.
Ma`lumot uchun: “Shimoliy Berdaq” gazkondensat koni Qoraqalpog`iston Respublikasining Mo`ynoq tumanida joylashgan.