AQSh prezidenti Donald Tramp Oliy sud sudyasi vakant lavozimiga o`z nomzodining ismini rasman tasdiqladi. Oq uy rahbari bu nomzod ayol kishi bo`lishini aytgandi. Tramp so`zini ustidan chiqdi, nomzod – 48 yoshli Emi Konni Barret ekanligi aytilmoqda. Agar senatorlar Emini qo`llab-quvvatlasa, u Qurolli Kuchlarning hozirgi tarkibidagi eng yosh sudyaga aylanadi.
Prezidentning so`zlariga ko`ra, Barretning professionalligi sabab har qanday davrada o`z o`rniga ega.Shu paytda biror joyda Emining obro`siga putur etkazadigan gap-so`zlar bo`lmagan, shuning uchun Tramp uning nomzodini Senatda hech qanday to`siqsiz va tez orada tasdiqlanishiga umid qilmoqda. Respublikachilar yuqori palatada ko`pchilikni tashkil qilganligi sababli, kuzatuvchilar nomzod tasdiqlanishiga ishonishmoqda.
Demokratlar Trampni noyabr oyidagi Prezidentlik saylovlarigacha o`ziga yana bir hamfikr qidirishda ayblayapti. Emi Barret o`zining ancha konservativ qarashlari bilan tanilgan, bu esa demokratlarning achchiqlanishiga sabab bo`lyapti.
Demokratlarning fikriga ko`ra, sudyani tayinlash noyabr oyidagi Prezident saylovlaridan keyin hal qilinishi kerak bo`lgan masala. Chunki prezidentlikka kimni nomzodi tasdiqlansa, faqat o`sha rahbar sudyalikka nomzod ko`rsatishi mumkin.