Ozarbayjon Milliy Majlisi (parlamenti) Tog`li Qorabog`da vaziyat keskinlashganligi tufayli bir qator shaharlar va hududlarda harbiy holat joriy etishga qaror qildi. Bu haqda RIA Novosti xabariga tayanib Sputnik yozdi.
Parlament ushbu qarorni navbatdan tashqari yig`ilishda qabul qilgan. Endi 48 soat ichida uni mamlakat prezidenti tasdiqlashi lozim.
Komendantlik soatini e`lon qilish Ozarbayjon IIV zimmasiga yuklatildi.
Tog`li Qorabog`dagi keskinlik
Tog`li Qorabog`dagi tutashuv chizig`idagi vaziyat yakshanba, 27 sentyabr kuni ertalab keskinlashdi. Tan olinmagan respublika Ozarbayjon harbiylari uning hududini, jumladan, poytaxt Stepanakertani o`qqa tutganini ma`lum qilindi. Tinch aholi orasida qurbonlar bor.
Boku va Erevan vaziyatni keskinlashtirishda bir-birini aylamoqda. Ozarbayjon Mudofaa vazirligi arman tomoni o`t ochgani, ozarbayjon tomoni esa hujumga qarshi javob berganini ta`kidlamoqda. Armaniston Mudofaa vazirligi Qorabog` Ozarbayjon tomonidan havo va raketa hujumiga uchraganini ma`lum qilmoqda.

Avval xabar berganimizdek, Armaniston hukumati Tog`li Qorabog`dagi hodisalar tufayli mamlakatda harbiy holat va umumiy safarbarlik joriy etdi. Tan olinmagan Tog`li Qorabog` respublikasi rahbariyati ham shunday qaror qabul qilgan.
Qorabog` mojarosi 1988 yilning fevralida, Tog`li Qorabog` avtonom viloyati o`zining Ozarbayjon SSR tarkibidan chiqishi haqida e`lon qilganida boshlangan edi. 1992-1994 yilgi qurollangan qarama-qarshilik davomida Ozarbayjon Tog`li Qorabog` va unga qarashli ettita tuman ustidan nazoratni boy bergan. 1992 yildan buyon EXHTning (OBSE) Minsk guruhi doirasida - hamraislar - Rossiya, AQSh va Fransiya boshchiligida mojaroni tinch yo`l bilan bartaraf etish bo`yicha muzokaralar o`tkazib kelinadi. Ozarbayjon o`z hududi yaxlitligini saqlab qolish maqsadida qattiq turib olgan. Armaniston esa tan olinmagan respublikaning manfaatlarini himoya qilib kelmoqda.