Sog`liqni saqlash vazirligi ma`lum qilishicha, 2020 yil 27 sentyabr soat 23:00 holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 55 401 (+81) nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining
70 nafari Toshkent viloyatida,
11 nafari Jizzax viloyatida tana harorati ko`tarilganligi hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Shu bilan birga, koronavirusga chalingan 1 nafar bemor vafot etdi.
E`tiborli jihati, bugun:
Toshkent shahrida 339 nafar,
Toshkent viloyatida 92 nafar,
Andijon viloyatida 14 nafar,
Samarqand viloyatida 13 nafar,
Farg`ona viloyatida 12 nafar,
Jizzax viloyatida 10 nafar,
Qoraqalpog`iston Respublikasida 8 nafar,
Surxondaryo viloyatida ham 8 nafar,
Qashqadaryo viloyatida 6 nafar,
Navoiy viloyatida 5 nafar bemor tuzaldi.
Shunday qilib, yurtimizda 51 965 (+507) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (94 foiz) sog`aygan.
Hozirda mamlakatimizda 2 977 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo`yicha davo choralari ko`rilmoqda.