27 sentyabr soat taxminan 06.00 da Armaniston qurolli kuchlari yirik miqyosli fitna boshlab, Ozarbayjon armiyasi egallab turgan marralarni va front chizig`i yaqinidagi aholi punktlarini yirik kalibrli o`qli qurol, minomyot tizimlari va artilleriya qurilmalaridan o`qqa tutdi.
Ozarbayjon Mudofaa vazirligi matbuot xizmati tomonidan berilgan ma`lumotlarga asoslangan Vesti.az saytida aytilishicha, shiddatli otishma ostida qolgan Terter tumanining Gapanli qishlog`i, Agdam tumanining Chirali va Orta Gervend qishloqlari, Fizuliy tumanining Alxanli va Shukyurbeyli qishloqlari, Jebrail tumanining Jojug Marjanli qishlog`i aholisi orasida halok bo`lgan va yaralanganlar bo`ldi. Fuqarolar infratuzilmasiga jiddiy zarar etkazildi
Bunga javoban Ozarbayjon armiyasining oldingi marralarda joylashgan bo`linmalari fitnani bartaraf etib, tinch aholining xavfsizligini ta`minlash borasida tegishli choralar ko`rdi.
Ozarbayjon Prezidentining yordamchisi, Prezident ma`muriyatining tashqi ishlar masalalari bo`limi boshlig`i Hikmet Gajievning bayonotiga ko`ra, «Yuzaga kelgan vaziyat va hodisalarning keyingi rivoji uchun javobgarlik mas`uliyati to`la-to`kis Armanistonning harbiy-siyosiy rahbariyati zimmasiga yuklanadi» – xabar beradi 1news.az.
Armaniston qurolli kuchlari 1949 yili qabul qilingan Jeneva konvensiyasi talablariga zid ravishda front yaqinidagi aholi punktlarini o`qqa tutishni hamon davom etmoqda.
Tinch aholini o`qqa tutish – Armaniston qurolli kuchlari jangovar tayyorgarligida ko`zda tutilgan taktika bo`lib, 1992 yilning fevralida Xo`jayliyda sodir etilgan genosidni bunga misol tariqasida keltirish mumkin.
Xalqaro huquqqa muvofiq, Armaniston armiyasining Ozarbayjon Qurolli Kuchlariga qarashli bo`linmalar egallagan marralar va tinch aholi istiqomat qilayotgan qishloqlarga qarata o`t ochishi Armanistonning Ozarbayjonga qarshi sodir etgan tajovuzkor harakati sifatida e`tirof etiladi.
Ozarbayjon Qurolli Kuchlari Armanistonning navbatdagi tajovuzini bartaraf etish, tinch aholining xavfsizligini ta`minlash maqsadida hujumga qarshi hujum choralarini ko`rishga majbur bo`lmoqda.
Armanistonning yangi tajovuzkor harakatlarga hozirlik ko`rayotganini Ozarbayjon jahon jamiyatiga bir necha bor ma`lum qilib o`tgan edi.
Harbiy pensioner, iste`fodagi podpolkovnik