my5

Jahonda koronavirus qurbonlarining soni 1 mln dan oshdi

Dunyo 29.09.2020, 14:10
376
Jahonda koronavirus qurbonlarining soni 1 mln dan oshdi

Dunyo bo`ylab COVID-19 kasalligidan vafot etgan bemorlar soni 1 mln dan oshdi. Vafot etgan fuqarolar soni bo`yicha AQSh (205 ming kishi), Braziliya (142 ming) va Hindistonga (96 ming) peshqadamlik qilmoqda. Ushbu  ma`lumotlarni Djon Xopkins universiteti manbalariga tayanib, Fokus.ua bermoqda.

Eng ko`p qurbon AQShda qayd etilgan — 205 mingdan ortiq inson vafot etgan. Braziliya qurbonlar soni bo`yicha ikkinchi ko`rsatkichga — 142 ming, Hindiston uchinchi ko`rsatkichga (96 ming) ega. Shuningdek, Meksika (76 ming), Buyuk Britaniya (42 ming), Italiya (35 ming), Peru (32 ming), Fransiya (31 ming), Ispaniya (31 ming), Eron va Kolumbiya (har birida 25 ming nafardan ortiq qurbon) ko`pchilik insonlar ushbu kasallikdan ko`z yumdi.

Eslatib o`tamiz, dunyoda koronavirus infeksiyasi bo`yicha ro`yxatga olingan kasallar soni esa hozirda 33 mln dan oshgan. COVID-19 dan tuzalganlar soni 23 mln dan oshdi.

Шарҳлар