Sevimli

Samarqandda koronavirusga chalinganlar 10 baravar kamaytirib ko`rsatilgani ma`lum qilindi

Jamiyat 07.10.2020, 23:23
Теглар: ​Samarqand, koronavirus
Samarqandda koronavirusga chalinganlar 10 baravar kamaytirib ko`rsatilgani ma`lum qilindi

Samarqandda, buning ortidan mamlakatda koronavirusga chalingan bemorlar statistikasi kamaytirib ko`rsatilmoqda. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Akmal Burxonov ma`lum qilgan.

“COVID-19 statistikasi masalasida misol keltiraman: 5 oktyabr 23:30 holatiga Samarqand viloyatida 2160 ta qayd etilgan, 2017 tasi sog`aygan. Ya`ni 143 kishi kasal deyilgan. Bizni ma`lumotimizga ko`ra, bugungi kunda Samarqandda shifoxonada davolanayotgan bemorlar soni 1155 ta. Nima keragi bor 10 baravar kamaytirishni?

Balki korrupsiya emasdir, buni sababini o`rganishimiz kerak. Yana qaytaraman, bu faqat Samarqand viloyati misolida. Hamma viloyatlarda shu ahvol ekanligini aniq ayta olishim mumkin. Statistikasi ham, to`lovlar to`lashi ham, xaridlarning amalga oshirilishi va eng asosiysi, qarindosh-urug`chilik masalasini kompleks o`rganmoqchimiz. Xodimlari sifatida yaqin qarindoshlarini ishga olgani masalasi bo`yicha birga ish olib boramiz.

Ayniqsa xaridlarda, dori vositalari bo`yicha ko`plab murojaatlar bor, hammasi faktlar bilan keltirilgan. Tenderda yutib chiqanglar emas balki boshqa, o`zlariga tegishli tashkilotlar bilan shartnoma tuzgani borasidagi holatlar bor. Biz bu bo`yicha ishlarni boshlab yuborganmiz”, deydi agentlik direktori.

Sog`liqni saqlash vazirligining rasmiy, ammo ishonchdan chiqqan ma`lumotlariga ko`ra, ayni vaqtda mamlakatda koronavirusga chalinganlar 59 697 nafarni tashkil etmoqda. Ularning 56 460 nafari sog`aygan, 492 kishi vafot etgan.

 
  

Шарҳлар

Dunyoda koronavirus yuqtirish holatlari soni 350 milliondan oshdi

24.01.2022, 19:54

Dunyo bo`yicha koronavirus yuqtirish holatlari soni 351 mln 069 733 mingdan oshdi. Bu haqda Worldometers xabar bermoqda.Pandemiya boshlanganidan buyon 5 mln 596 mingdan ortiq kishi...
Yangi Zelandiya bosh vazirining to`yi karantin sabab boshqa muddatga qoldirildi

24.01.2022, 00:34

Yangi Zelandiya bosh vaziri Jasinda Ardern mamlakatda yangi karantin cheklovlari joriy etilishiga bag`ishlangan matbuot anjumanida o`zining to`yi bekor qilinganini ma`lum qildi. Bu haqda Sky News...
Pekinda Qishki olimpiada oldidan koronavirus bilan bog`liq holatlar soni oshmoqda

24.01.2022, 00:05

Xitoy poytaxti Pekinning bir nechta tumanlarida  o`nlab infeksiya holatlari aniqlanganidan keyin  ommaviy tekshiruvdan o`tmoqda. Bu haqda Associated Press xabar bermoqda. Fentay hududida yashovchi odamlarga shaharni tark...
Buyuk Britaniyada karantin cheklovlari bekor qilinmoqda

22.01.2022, 19:23

Buyuk Britaniyada 27-yanvardan boshlab yopiq joylarda va transportda niqob taqish majburiy bo`lmaydi. Bu haqda euronews xabar tarqatmoqda. Qayd etilishicha,  ommaviy tadbirlar va tungi klublarda qatnashish uchun...