my5

Koronavirusdan o`lim xavfini ikki karra oshiradigan omil aniqlandi

Dunyo 18.10.2020, 15:49
2129
Koronavirusdan o`lim xavfini ikki karra oshiradigan omil aniqlandi

COVID-19 dan o`lim xavfini buyrak kasalliklar ikki baravar oshiradi. London Imperial kolleji olimlari shunday xulosaga kelishdi. Bu haqda internet manbalarga tayanib xs.uz xabar berdi.

Mutaxassislar 10 martdan 23 iyulgacha London va Birmingemdagi to`rtta kasalxonada intensiv terapiya bo`limlariga yotqizilgan 372 koronavirusga chalingan bemorlarning ma`lumotlarini o`rganishdi. Bemorlardan 216 kishida buyrak muammosi mavjud bo`lgan. Ulardan 107 kishi vafot etdi (taxminan 50 foizi). Buyrak patologiyasi bo`lmagan boshqa 156 bemordan 32 kishi (21 foizi) vafot etdi.

Tadqiqotchilar buni virusning tanaga ta`siri, o`pka va buyraklar o`rtasidagi «o`zaro bog`liqlik» va COVID-19 ni davolashda toksik moddalarni qo`llash bilan bog`liq degan xulosaga kelishdi.

Шарҳлар