Zangiotadagi kasalxona o`likxonasidan mayyitlarni olib ketishda muammo tug`ilayotgani aylanmoqda. Bugun tarmoqda tarqalgan o`likxona oldida to`plangani va vafot etgan yaqinlari jasadini olib ketishda bir qator to`siqlarga yo`liqishayotgani anglashiladi, deb yozmoqda xabar.uz. Video:
Aytilishicha, marhumlarning haqiqatda vafot etganligini tasdiqlovchi hujjat taqdim etganlar soatlab kutishga to`g`ri kelayotir. "Ishi yurishayotgan" tobut tashishga ixtisoslashgan mashinalar ham xizmat haqini ko`tarib olishgan: 700 ming so`mdan boshlanib, yo`lning o`zoqligiga qarab narx balandlab boraveradi...
Bunday manzaralar koviddan vafot etayotganlarga oid rasmiy statistikaga nisbatan asosli shubha tug`dirishi aniq. Kuni kecha ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan audioda sog`liqni saqlash vazirining birinchi o`rinbosari Abduhakim Hojiboev Zangiotadagi maxsus shifoxonada, «kislorod davleniyasi tushib ketayotgani uchun har kuni bir nechta odam o`layotgani»ni aytganidan keyin-ku shubhalar battar oshdi.
A. Hojiboevning gaplariga Sog`liqni saqlash vazirligi odatdagidek "sip-silliq" izoh berish bilan cheklandi, xolos. Unda «kislorod davleniyasi tushib ketayotgani uchun har kuni bir nechta odam o`layotgani»ni xususida deyarli churq etilmaydi, deyiladi ushbu xabarda.