AsosiyJamiyat

O`zbekistonning ikkita hududida 94 nafar kishi virus bilan zararlandi. Bir bemor vafot etdi

'O`zbekistonning ikkita hududida 94 nafar kishi virus bilan zararlandi. Bir bemor vafot etdi'ning rasmi

2020 yil 20 oktyabr soat 18:00 holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 63 831 (+94) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda SSV xabar berdi.

Yangi kasallanish holatlarining 89 nafari Toshkent shahrida, 5 nafari Navoiy viloyatida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, 1 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

Bugun ayni paytga qadar:  

  • Qoraqalpog`iston Respublikasida 5 nafar,  
  • Andijon viloyatida 12 nafar,  
  • Jizzax viloyatida 13 nafar,  
  • Qashqadaryo viloyatida 21 nafar,  
  • Navoiy viloyatida 3 nafar,  
  • Namangan viloyatida 16 nafar,  
  • Samarqand viloyatida 13 nafar,  
  • Sirdaryo viloyatida 14 nafar,  
  • Surxondaryo viloyatida 10 nafar,  
  • Farg`ona viloyatida 7 nafar,  
  • Xorazm viloyatida 4 nafar,  
  • Toshkent shahrida 75 nafar bemor tuzaldi.

 

Ayni paytda yurtimizda 60 910 nafar (+193) koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (95 foiz) sog`aygan.

Hozirda mamlakatimizda 2 387 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo`yicha davo choralari ko`rilmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar