Bugun ijtimoiy tarmoqlarda yo`lovchini bosib ketgan yuk mashinasi aks etgan video tarqaldi.
Hodisaga Toshkent shahar IIBB aniqlik kiritdi.
Aniqlanishicha, 20 oktyabr kuni taxminana soat 10.00 da Sergeli tumani Yangi Qo`yliq ko`chasida “MAN” rusumli yuk avtomobilini boshqarib borgan 37 yoshli Alisher A. chorrahada svetoforning ruxsat beruvchi belgisi yonganda harakatni boshlagan. Shu onda o`n tomondan piyoda yo`lni belgilanmagan joydan kesib o`tish niyatida yurib kelgan. Haydovchi transport vositasining “ko`r hududida” bo`lgan piyodani payqamasdan uni urib yuborgan. Natijada, hozirgi vaqtda shaxsi aniqlanayotgan piyoda YTH oqibatida etgan jarohat sababli hayotdan ko`z yumdi.
Hodisa tafsilotlari o`rganilmoqda, deyiladi xabarda.