Shu yil imzolangan prezident qarorlariga asosan, 1 noyabrdan boshlab Sog`liqni saqlash vazirligi, Davlat test markazi va Badiiy akademiya mansabdorlarining ish haqi oshiriladi.
SSV markaziy apparati va hududiy boshqaruv organlari xodimlariga ko`p yil ishlaganlik uchun har oylik ustama to`lanadi. DTM boshqaruv xodimlari lavozim maoshlarini aniqlashda tarif koeffitsientlari bir yarim baravar miqdorida qo`llanadi. Badiiy akademiya markaziy apparati xodimlarining lavozim maoshiga davlat byudjetidan 100 foiz miqdorda oylik ustamalar belgilanadi.