my5

Ertaga O`zbekistonga Volgabo`yidan sovuq antisiklon kiradi

Jamiyat 27.10.2020, 22:56
Теглар: O`zbekiston, Volgabo`yi, O`zgidromet
940
Ertaga O`zbekistonga Volgabo`yidan sovuq antisiklon kiradi

Ertaga respublika shimoliga Rossiyaning Evropa qismi (Moskva oblasti)dan Volgabo`yi orqali sovuq antisiklon kira boshlaydi, deb xabar bermoqda O`zgidromet.

Ertaga, 28 oktyabrda sovuq havo butun respublika hududiga tarqaladi, harorat foni 8-10 daraja pasayadi.

Aksariyat viloyatlarda kunduzgi havo harorati 10-13 daraja atrofida bo`ladi. Kuchsiz, asosan qor ko`rinishidagi yog`inlar mamlakatning tog`li va baland tog`li hududlarida kuzatilishi mumkin.

Iliq va sovuq havo oqimlarining bosimlari tafovuti respublika hududi bo`yicha shamolning tezligi sekundiga 17-22 metrgacha kuchayishiga olib keladi.

Sovuq havo oqimining ta`siri 29 oktyabrda va 30 oktyabrda kechasi saqlanib turadi, 30 oktyabrda kunduzi antisiklon shimoli-sharqqa chekina boshlaydi va havo asta-sekin isiydi.

29 va 30 oktyabr kunlari tungi havo harorati 0-3 daraja iliqqacha tushadi, ayrim joylarda havoda birinchi ayoz kuzatiladi — harorat 1-2 daraja sovuq bo`ladi. 29 oktyabrda kunduzi 10-13 daraja iliq atrofida bo`ladi, 30 oktyabrda esa biroz — 13-16 darajagacha isiydi. Bu kunlarning harorati oktyabr oyi uchun xos bo`lgan me`yoriy qiymatlardan 7-9 darajaga past bo`ladi.

31 oktyabrda O`zbekiston hududiga Eron tomondan issiq havo kira boshlaydi. Tungi ayoz to`xtaydi, kunduzi esa harorat 18 daraja, ayrim joylarda undan ham yuqori bo`ladi

 
  

Шарҳлар

O`zbekiston 10 oy davomida necha tonna karam eksport qilgani ma`lum bo`ldi

26.11.2020, 00:29

Davlat statistika qo`mitasi ma`lumotlariga ko`ra, 2020 yilning 1 noyabr holatiga O`zbekiston 11 ta xorijiy mamlakatlarga qiymati 19,0 mln. AQSh dollariga teng bo`lgan 86,8 ming tonna...
Bugun O`zbekistonda kutilayotgan ob-havo ma`lumoti e`lon qilindi

25.11.2020, 07:30

O`zbekiston Gidrometeorologiya xizmati 25 noyabr kuni uchun ob-havo ma`lumotini e`lon qildi. Unga ko`ra:TOShKENT ShAHRIHavo o`zgarib turadi, kunning ikkinchi yarmida biroz qor yog`ishi mumkin. Kechasi va...
O`zbekiston hududida zilzila sodir bo`ldi

18.11.2020, 22:29

Toshkent vaqti bilan 22:10 da Tojikistonda zilzila sodir bo`ldi. Bu haqda FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar berdi.Zilzila koordinatalari: 39,86 gradus shimoliy kenglik; 68,9 gradus...
O`zbekiston delegasiyasi AQShga tashrif buyuradi

13.11.2020, 20:22

Joriy yilning 15-22 noyabr kunlari O`zbekiston hukumati delegasiyasining Amerika Qo`shma Shtatlariga tashrifi rejalashtirilmoqda, deya xabar beradi. AQSh bilan ikki tomonlama siyosiy maslahatlashuvda ishtirok etish maqsadida ushbu...