my5

Rossiya uchun jasadlar ham qimmatga tushmoqda

Dunyo 28.10.2020, 20:57
Теглар: Rossiya, COVID-19
1293
Rossiya uchun jasadlar ham qimmatga tushmoqda

Rossiya uchun jasadlar ham qimmatga tushmoqda deya yozmoqda platforma.uz 

COVID-19 va uning asoratlari barcha issiq jon hayotiga tahdid solayotgani kamdek, endi bu o`lat bir qator davlatlarda o`liklar masalasida ham muammolarni yuzaga keltiryapti.

Qarang, hozir Rossiyadagi kasalxonalar o`likxonalarida jasadlar to`planib qolyapti. Ijtimoiy tarmoqlarda bir-birining ustiga taxlangan qora qoplar tushirilgan video va fotosuratlar muntazam paydo bo`lyapti.

Bi-bi-sining yozishicha, bu noxush holatga koronavirus tufayli o`likxonalarda autopsiya - o`likni yorib ko`rish uchun jasadlar to`planayotgani, o`likxonalar esa bu yumushga ulgurmayotgani sabab bo`lmoqda.

Kasalxonalar har bir koronavirus kasaliga autopsiya qilishi shart, bu patolog anatomlar ishini ko`paytiradi va jasadlar yig`ilib qolishiga sabab bo`ladi.

Masalan, Kuzbass sog`liqni saqlash vazirligi videoning haqiqiyligini va COVID-19 tufayli haqiqatan ham o`limlar ko`payganini tasdiqladi va "bu holatlar rasmiy statistikaga kiritilgan", deb ta`kidladi.

Xuddi shunday holat Barnaulda ham sodir bo`lgan: koronavirus bilan kasallanganlarni davolash uchun qayta moslashtirilgan 12-sonli kasalxonada o`lgan bemorlarning jasadlari autopsiyani kutib, to`planib qolgan. 

Oltoy o`lkasi Sog`liqni saqlash vazirligi vaziyatni kuniga "sezilarli darajada ko`paygan" o`lim soni, shuningdek, qarindoshlar ularni olib ketishga shoshmayotgani bilan izohladi. Rasmiy ma`lumotlarga ko`ra, mintaqada butun epidemiya davomida 309 kishi koronavirusdan vafot etgan.

Muassasada jasadlarning to`planishi koronavirusdan 100% o`lim holatlarida anatomik tekshiruv o`tkazish zarurligi bilan izohlandi. Sog`liqni saqlash vazirligi tan olishicha, kasalxonada patolog anatomlarning etishmasligi sababli, har bir shifokorning ish hajmi sezilarli darajada oshgan.

Mutaxassislarning ta`kidlashicha, jasadlarning kasalxonalarda to`planishi bilan bog`liq vaziyatni faqat sovutish kameralarining maydonini ko`paytirish yo`li bilan hal qilish mumkin.

 

 

Шарҳлар

Covid-19ni engishga yordam beruvchi vitaminlar nomi ma`lum qilindi

26.11.2020, 07:30

Mazkur vitamin va mikroelementlar koronavirusni engishda o`rni bor ekani tasdiqlangan. Ya`ni vitamin D3, sink etishmovchiligi kuzatilganlarda kasallik zudlik bilan rivojlanishi va og`ir darajada o`tishini keltirib...
Xorijda ishlash istagidagi fuqarolarni Rossiyaga jo`natish ishlari davom etmoqda

23.11.2020, 01:16

Bugungi kunda Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi tomonidan xorijda ishlash istagidagi fuqarolarni ishlash uchun chet elga ketishiga yordam berish, ketishidan oldin kasb-hunar va chet tillarini o`rgatish,...
Armaniston xududida Rossiya vertolyoti Ozarbayjon tomonidan urib tushirildi

10.11.2020, 12:36

Ozarbayjon vertolyotning urib tushirilishi baxtsiz hodisa bo`lganligini va Rossiyaga yo`naltirilmaganligini ta`kidladi, shuningdek, fojia munosabati bilan Rossiyadan uzr so`rab, tegishli miqdorda tovon to`lashga tayyorligini bildirdi.Vertalyotda ichida...
Pashinyan Qorabog`ga Rossiya tinchlikparvarlarining kiritilishini eng samarali yo`l deb atadi

08.11.2020, 13:56

Qorabog` nizosi hududiga boshqa mamlakatlardan emas, Rossiyadan tinchlikparvarlarning kiritilishi eng samaralisi bo`lishi mumkin. Bu haqda Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan Germaniyaning ARD telekanaliga bergan intervyusida...