AsosiyJinoyat

Samarqandda 44 yoshli xotin 12 nafar ayoldan pasportlarini tortib olib, 2018 yildan buyon foxishalikka majburlab kelgani aniqlandi

'Samarqandda 44 yoshli xotin 12 nafar ayoldan pasportlarini tortib olib, 2018 yildan buyon foxishalikka majburlab kelgani aniqlandi'ning rasmi

12 nafar fuqarodan pasportini olib qo`yib, foxishalikka majbur qilgan ayol qo`lga olindi. Bu haqda IIV xuzuridagi Tergov departamenti xabar berdi.

Ushbu jinoiy xatti-harakatlar 2018 yilning avgust oyidan joriy yilning oktyabr oyiga qadar bo`lgan vaqt oralig`ida sodir bo`lgan. Jumladan 44 yoshli O.K. ismli ayol Samarqand shahrida joylashgan uylarning birida K.U., R.E., A.A., K.A., M.F., L.M., M.Sh., G.M., M.R., H.S., D.R. va Z.B., larga ijaraga boshpana berishni va`da qilib, ularning fuqarolik pasportlarini olib qo`ygan.

Keyin bu qizlarni tungi vaqtda Samarqand shahar Ro`dakiy ko`chasi va boshqa joylarida fohishalik bilan shug`ullanishlariga majburlagan. Aniqlanishicha, ayol ularni zo`rlik bilan ishlatib, har biridan kunlik 200.000 so`mdan 500.000 so`mgacha pullarni topish maqsadida foydalangan va ushbu yo`l bilan topilgan pullarni o`zida saqlab, shaxsiy ehtiyojlari uchun sarflagan.

Mazkur holat yuzasidan Samarqand shahri bo`yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo`linmasi tomonidan O.K., ga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 135-moddasi 2-qismi “B” bandi (odam savdosi) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan bo`lib, o`tkazilgan tintuv tergov harakati davomida yuqoridagi shaxslarning fuqarolik pasportlari tegishli tartibda hujjatlashtirib olingan.

Hozirda O.K., jinoyat ishi doirasida JKning 135-moddasi 2-qismi “B,i” bandlari bilan ayblanuvchi tariqasida jalb qilinib, unga nisbatan “qamoqqa olish” ehtiyot chorasi tanlangan.

Jinoyat ishi yuzasidan tergov harakatlari davom etmoqda. 

    Boshqa yangiliklar