my5

Shavkat Mirziyoev Shimoliy iqtisodiy hamkorlik ikkinchi xalqaro forumida ishtirok etadi

Siyosat 29.10.2020, 16:50
489
Shavkat Mirziyoev Shimoliy iqtisodiy hamkorlik ikkinchi xalqaro forumida ishtirok etadi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Koreya Respublikasi Prezidenti Mun Chje Inning taklifiga binoan 30 oktyabr kuni Seul shahrida videoanjuman shaklida bo`lib o`tadigan Shimoliy iqtisodiy hamkorlik ikkinchi xalqaro forumida ishtirok etadi. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Tadbir kun tartibidan koronavirus pandemiyasi oqibatlarini birgalikda engib o`tish va xalqaro sheriklikni kengaytirish masalalari o`rin olgan.

Davlatimiz rahbari o`z nutqida mintaqaviy siyosatning eng dolzarb masalalari va o`zaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirish istiqbollariga to`xtalib o`tadi.

Forum ishida O`zbekiston va Janubiy Koreya etakchilari bilan bir qatorda Rossiya, Qozog`iston, Turkmaniston, Mo`g`uliston prezidentlari va boshqalar ishtirok etadi.

Шарҳлар