AsosiyDunyo

"Avvalgilarning hech biriga o`xshamaydi". Koronavirusning yangi turi tarqalmoqda: 20A.EU1

'"Avvalgilarning hech biriga o`xshamaydi". Koronavirusning yangi turi tarqalmoqda: 20A.EU1'ning rasmi

Olimlar koronavirusning Evropadagi yangi turidan ogohlantirdilar, deya yozmoqda ria.ru

Ispaniya va Shveysariyadan kelgan xalqaro olimlar guruhi birinchi marta ispaniyalik ishchilarda yozning boshida aniqlangan koronavirus turi Evropada tez tarqalib ketganligini xabar qildi. 

Ushbu turdagi COVID-19 iyun oyida Ispaniyada kashf etilganligi, shu paytdan boshlab u Shveysariyada (40%), Irlandiyada (60%) va Buyuk Britaniyada (o`nta holatdan sakkizdan ko`prog`i) aniqlanishi boshlangan. Bundan tashqari, u Norvegiya, Latviya, Gollandiya va Fransiyada ham keng tarqalgan. Gonkong va Yangi Zelandiyada ham aniqlangan. SARS-CoV-2ning 20A.EU1 deb nomlangan turi Evropada misli ko`rilmagan darajada tarqalayotgani qayd etilgan. Bundan tashqari, tadqiqot guruhi 20A.EU1 ning boshoq oqsilida virusning inson hujayralariga kirishi uchun ishlatadigan o`ziga xos mutasiyasiga ega yoki yo`qligini aniqlash ustida ishlamoqda.

Bazel Universitetining tadqiqot rahbari va genetigi Emma Xodkroft  Financial Times gazetasiga tushuntirib berishicha, u ilgari shu kabi dinamikaga ega bo`lgan koronavirusning turini ko`rmagan. Biroq, uning ta`kidlashicha, ushbu koronavirusning tez tarqalishi mutasiya bilan bog`liqligi haqida hali biron bir dalil yo`q. Hodkroftning so`zlariga ko`ra, 20A.EU1 ilgari duch kelgan SARS-CoV-2 versiyalarining hech biriga o`xshamaydi.

"20A.EU1 tarqalishidan ko`rinib turibdiki, bu yozda yanada tarqalishini to`xtatish uchun choralar ko`pincha etarli emas edi", deb tushuntirgan u.

Olimlar, shuningdek, dam oluvchilarning "xavfli xatti-harakatlari" ushbu virusning yana bir turini tarqalishiga olib keldi degan xulosaga kelishdi.

    Boshqa yangiliklar