Sal avval Kattaqo`rg`on tumani hokimi vafot etgani haqida xabar berilgandi.
Shu munosabat bilan tuman hokimi vazifasini vaqtinchalik bajarish Xudayberdiev Qlichbek Raxmonovich zimmasiga yuklatildi.
“Mahalliy davlat hokimiyati to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasi qonunining 21-moddasiga asosan:
O`zbekiston Respublikasi Samarqand viloyati hokimining 2020 yil 29 oktyabrdagi 153-Fk-sonli Farmoyishiga asosan 2020 yil 29 oktyabrdan Kattaqo`rg`on tumani hokimi vazifasini vaqtinchalik bajarish Kattaqo`rg`on tumani hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag`allikni qisqartirish masalalari bo`yicha birinchi o`rinbosari Xudayberdiev Klichbek Raxmonovich zimmasiga yuklatildi", deyiladi hokimlik axborot xizmati ma`lumotida.