my5
Sevimli

«mGovAward» tanlovi g`oliblari aniqlandi

Sport 12.11.2020, 06:48
Теглар: mGovAward» tanlovi
«mGovAward» tanlovi g`oliblari aniqlandi

O`zbekiston oliy ta`lim muassasalari talabalari o`rtasida o`tkazilgan eng yaxshi davlat mobil ilovasi ishlab chiqish bo`yicha «mGovAward» tanlovi g`oliblarini taqdirlash marosimi videokonferensiya shaklida bo`lib o`tdi. Deya xabar berdi

Investisiyalar va tashqi savdo, Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirliklari, IT Park hamda Birlashgan Arab Amirliklari Davlat ishlari vazirligi hamkorligida tashkil etilgan tanlovga jami 260 murojaat qabul qilindi. Taqdim etilgan ishlardan 97 tasi saralab olindi. Final bosqichida ishtirok etish uchun ta`lim, sog`liqni saqlash, turizm va biznesni rivojlantirish sohalarida mobil ilovalar ishlab chiqqan 7 jamoa vakillari tanlab olindi.

Saralangan loyihalardan biri, idrok etish bilan bog`liq muammolar inobatga olingan holda, imkoniyati cheklangan odamlarga yordam berish uchun yaratilgan "Sahiya" ilovasi "machinelearning" (ML) va sun`iy aql bilan ishlaydigan tizimga asoslangan ilova-dasturdan iborat.

Ingliz tilini o`rganish uchun videodarslik va testni yuklashga mo`ljallangan, masofaviy ta`limda qo`llanadigan "Roboteach" ilovasi esa maktab o`quvchilari, talabalar va boshqa qiziquvchilarga uydan turib til o`rganish, zarur o`quv materiallari yoki interfaol darslardan foydalanish imkonini beradi.

Musobaqaning yakuniy bosqichiga O`zbekistonning muqaddas qadamjolariga tashrif buyuruvchi xorijiy va mahalliy sayyohlar uchun mo`ljallangan "Imam Bukhari" mobil ilovasi mualliflari ham yo`llanma olgan.

Mazkur o`ziga xos ilova muayyan shahardagi barcha ziyoratgohlar manzili va ushbu manzillarga borish yo`lini ko`rsatadi. Shuningdek, yaqin mehmonxona, ovqatlanish shoxobchalari joylashuvini aniqlash imkonini taqdim etadi. Bunda GPS-navigasiya orqali sayohatchi qiynalmay to`g`ri yo`lni topadi.

Ovoz berish natijasida "Roboteach" ilovasini yaratgan jamoa g`olib, deb topildi. Ikkinchi o`rinni "Imam Bukhari" loyihasi egalladi. Uchinchi o`rin esa imkoniyati cheklangan insonlarni qo`llab-quvvatlashga qaratilgan "Sahiya" ilovasi dasturchilariga nasib etdi.

Шарҳлар