my5
Sevimli

UFC turniri natijalari ma`lum qilindi: G`oliblarga gonorarlardan tashqari 50 000 AQSh dollaridan taqdim etiladi

Sport 15.11.2020, 15:55
UFC turniri natijalari ma`lum qilindi: G`oliblarga gonorarlardan tashqari 50 000 AQSh dollaridan taqdim etiladi

Bugun tongda AQShning Nevada shtati Las-Vegas shahrida UFC turniri bo`lib o`tdi.

Tashkilotchilar 10 ta jang orasidan eng yaxshilarini aniqlab, bonus sohiblarini e`lon qilishdi.

Oqshomning eng yaxshi jangi sifatida ikki tajribali jangchi - braziliyalik 36 yoshli Rafael dos Anos va amerikalik 35 yashar Pol Felder jangi e`tirof etildi. Ushbu bellashuvda Anos ochkolar hisobiga ko`ra g`alaba qozongandi. 

Har ikki jangchiga avvaldan kafolatlangan gonorarlardan tashqari bonus sifatida yana 50 000 AQSh dollaridan mukofot puli taqdim etildi. 

Yana ikkita bonus raqibini 30-soniyadayoq nokautga uchratgan Xaos Uilyams hamda ikkinchi raundda texnik nokaut evaziga g`alaba qozongan Shon Striklendga topshiriladigan bo`ldi. 

Шарҳлар