my5
Sevimli

Buxorolik o`quvchi-qiz O`zbekiston chempioni bo`ldi

Sport 18.11.2020, 13:06
Buxorolik o`quvchi-qiz O`zbekiston chempioni bo`ldi

Buxoro viloyatining G`ijduvon tumanida yashovchi maktab o`quvchisi qizlar o`rtasida boks bo`yicha O`zbekiston chempioni bo`ldi

G`ijduvon tumanidagi 57-umumiy o`rta ta`lim maktabining 9-sinf o`quvchisi Feruza Sharipova anchadan buyon sportning boks turi bilan shug`ullanadi.  Ushbu turda o`tgan musobaqalarning doimiy ishtirokchisi.  

11-15 noyabr kunlari u boks bo`yicha qizlar va o`smirlar o`rtasida o`tkazilgan O`zbekiston chempionatida ishtirok etdi. 50 kilogram vazn toifasida kechgan bellashuvlar jarayonida o`z mahoratini namoyish etib, faxrli 1-o`rinni qo`lga kiritdi va "O`zbekiston chempioni", degan nomga sazovor bo`ldi.  

Feruza o`zi erishgan bu muvaffaqiyatlari ortida  onasi Nilufar Sherova, otasi Otabek Jumaev, ustozlari Farrux Jo`raev va Furqat Kazakovlarning e`tibori, mehnatlari mujassam ekanligini minnatdorona  e`tirof etdi.

Шарҳлар