Rossiya futbolidagi inqiroz bizning boshimizga ham tushadimi? Bu ketishda - bo`lishi mumkin...
Kecha Rossiya termasi Serbiyaga 5:0 hisobida yutqazib qo`ydi. 16 yildagi eng yomon natija. Mayli bu ularning muammosi. O`zbekistonchi?
Bizning futbol ham taxminan shunaqa - ruslarnikiga o`xshaydi. Bir kun undoq bir kun bundoq. Bizda futbolga bo`lgan munosabat ham deyarli ruslarnikidek. Serblar, xorvatlar, ispanlar futbolga boshqacha qarashadi. O`zbeklardaqa emas.
O`zbekiston BAAga ketib, ikkita o`rtoqlik uchrashuvi o`tkazdi va ikkitasida ham mag`lubiyatga uchradi. To`g`ri, legionerlarsiz. Aytib qo`ya qolaylik, agar Ahmedov yoki Shomurodov bo`lganda ham yutqazardi, ishonavering.
Termaning "tagi" bormikan? Bu savolni Abramovga berish kerak!
Kimlarni jalb qilyapti takibga? O`z klubida bir ishni qoyillata olmayotganlar bilan to`lib ketmayaptimi terma jamoamiz?
Yaxshilab xulosa qilaylik. Rossiyaku, ahvolini qiyinlashtirib yubordi. Agar biz ham shu ketishda ketsak - ularning ortidan boramiz.
Kimlar ketdi BAAga? Qaysi pullar hisobidan?