Sal avval «Toshkentda olti yildan buyon fohishalik bilan shug`ullanuvchi yirik uyushgan guruh a`zolari qo`lga olingan»i hamda tergov harakatlari olib borilayotgani haqida xabar berilgandi.
Toshkent viloyati IIBB Terrorizm va diniy ekstrimizmga qarshi kurashish boshqarmasi xodimlari tomonidan ushbu jinoiy guruhning yana bir faol a`zosi kecha, 18 noyabr kuni qo`lga olingan. Bu haqda Toshkent viloyati IIBB xabar qildi.
Tezkor xodimlar tomonidan olib borilgan surishtiruvlar davomida, o`zini «Roma» deb tanishtiruvchi ushbu shaxs – 1988 yilda tug`ilgan Yashnobod tumanida yashovchi T.M. ekanligi, fohishaxona saqlash, qo`shmachilik qilish va odam savdosi kabi jinoiy faoliyat bilan shug`ullanuvchi guruhning faol a`zosiligi aniqlangan.
Shuningdek, surushtiruv davomida u moddiy (har bir e`lon uchun 50 dan 500 AQSh dollarigacha) daromad evaziga, jinsiy xizmat ko`rsatuvchi fohishalarning massaj va intim xizmati e`lonlarini, bir qator yoshlar orasida ommalashgan saytlar (“uzpopka.com”, “chpok.uz” hamda “Massajistki Tashkenta”), shuningdek, telegram, instagram, tik tok va ijtimoiy tarmoqlarga muntazam ravishda joylab kelganligi aniqlangan va uning yashash xonadoni tintuvdan o`tkazilgan.
Tituv davomida:
Hozirda mazkur holat yuzasidan viloyat IIBB xodimlari tomonidan tezkor surishtiruv harakatlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.